01/05/2023

Toshkent viloyatida 2023-yilning 1-aprel holatiga jami faoliyat ko‘rsatayotgan  korxona va tashkilotlar (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) 44 876 ta bo‘lib, shundan kichik tadbirkorlik subyektlari soni 38 665 tani tashkil etgan.

Faoliyat ko‘rsatayotgan kichik tadbirkorlik subyektlari sonining yuqori ko‘rsatkichlari quyidagi hududlarda qayd etilgan:

  • Zangiota tumani – 4 439 ta
  • Qibray tumani – 3 525 ta
  • Toshkent tumani 2 896 ta
  • Chirchiq shahri 2 330 ta 

Iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha esa kichik tadbirkorlik subyektlari soni quyidagicha taqsimlangan:

  • savdo sohasida – 13 876 ta
  • sanoat sohasida – 7 516 ta
  • qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi sohasida – 4 496 ta
  • qurilish sohasida – 2 999 ta
  • yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar sohasida – 3 032 ta