2023-yilning 1-aprel holatiga viloyatimizda jami faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) soni 44 876 tani tashkil etib, o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 12,5 foizga kamaygan va shu bilan birga 86,1 foizini (38 665 tani) kichik tadbirkorlik subyektlari tashkil etganligi ma’lum bo‘ldi.
Hududlar kesimida faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar soni quyidagi ko‘rinishda taqsimlangan:
- Oqqo‘rg‘on tumani – 1 177 ta
- Ohangaron tumani– 1 286 ta
- Bekobod tumani– 1 406 ta
- Bo‘stonliq tumani– 2 279 ta
- Bo‘ka tumani– 1 353 ta
- Quyi Chirchiq tumani– 1 402 ta
- Zangiota tumani– 4 891 ta
- Yuqori Chirchiq tumani– 2 340 ta
- Qibray tumani– 4 052 ta
- Parkent tumani– 2 257 ta
- Pskent tumani. – 1 165 ta
- O‘rta Chirchiq tumani– 2 175 ta
- Chinoz tumani– 1 1358 ta
- Yangiyo‘l tumani– 2 200 ta
- Toshkent tumani– 3 199 ta
- Nurafshon shahri– 1 324 ta
- Olmaliq shahri– 1 811 ta
- Angren shahri– 2 399 ta
- Bekobod shahri– 1 436 ta
- Ohangaron shahri– 1 1154 ta
- Chirchiq shahri– 2 724 ta
- Yangiyo‘l shahri– 1 488 ta