2023- yil yanvar-mart oylarida transport xizmatlari hajmi 23 085,0 mlrd. soʻmni tashkil etib, 2022-yil yanvar-mart oyiga nisbatan ushbu xizmat turining oʻsish surʼati 113,7 % ni tashkil etdi.
Hududlar kesimida mazkur yoʻnalishda nisbatan yuqori koʻrsatilgan xizmatlar hajmi Toshkent shahri (3 640,4 mlrd. soʻm), Toshkent (1 542,4 mlrd. soʻm), Samarqand (1 394,9 mlrd. soʻm) hamda Fargʻona (1 013,7 mlrd. soʻm) viloyatlarida qayd etildi.