27/04/2023

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 2023- yilning yanvar-martida Toshkent viloyati bo‘yicha yalpi hududiy mahsulot hajmi joriy narxlarda 20 746,4 mlrd. so‘mni tashkil etdi va 2022- yilning yanvar-marti bilan taqqoslaganda 1,5 %ga oʻsdi. YAHM deflyator indeksi 2022- yilning yanvar-martidagi narxlariga nisbatan 7,0 %ga oʻsdi. O‘zbekiston Respublikasi bo‘yicha YAIMning shakllanishida Toshkent viloyatining qo‘shgan hissasi 10,5 %ga yetdi.