26/04/2023

Dastlabki ma‘lumotlarga ko‘ra, 2023- yilning yanvar - mart oylarida qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi mahsulot (xizmat)larining umumiy hajmi 4 786,5 mlrd. so‘mni yoki 2022- yilning mos davriga nisbatan 102,8 %ni, shu jumladan, dehqonchilik va chorvachilik, ovchilik va ushbu sohalarda ko‘rsatilgan xizmatlar – 4 531,5 mlrd. so‘mni (103,3 %), o‘rmon xo‘jaligi – 212,4 mlrd. so‘mni (101,8 %), baliqchilik xo‘jaligi – 42,1 mlrd. so‘mni (67,6 %) tashkil qildi. Respublika qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi tarkibida Toshkent viloyatining ulushi 11,9 %ni tashkil etdi.