- O’zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2023 yilning 1 aprel holatiga respublikamizning doimiy aholisi 36 197 781 kishini tashkil etgan.
- Respublikamizning doimiy aholisi soni o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 2,2 % ga oshgan.
- Mamlakatimiz aholisi 2023 yil boshidan buyon 172,8 ming kishiga ko‘paygan.
- O’zbekiston aholisi 2023 yilning har bir oyida o‘rtacha 57,6 ming kishiga oshgan.
- 2023 yilning har bir kunida doimiy aholi soni o‘rtacha 1,9 ming kishiga ko‘paymoqda.