20/04/2023

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligining dastlabki maʼlumotlariga koʻra, 2023-yilning 1-aprel holatiga respublikaning doimiy aholisi soni 36 mln 197,78 ming kishini tashkil etgan.

Shu jumladan, ayollar soni 17 981 152 kishiga, erkaklar soni esa 18 216 629 kishiga yetgan. Ya’ni, hozirda doimiy aholi tarkibidagi erkaklar soni ayollar sonidan 235,47 ming nafarga ko‘p.

Shuningdek, shahar aholisi 18 459 763 kishiga yetgan. Qishloq aholisi esa 17 738 018 kishini tashkil etgan.

Qayd etilishicha, 2023-yilning 1-aprel holatiga doimiy aholi tarkibida shahar hududida yashovchilar soni qishloq hududida yashovchilar sonidan 721,7 ming nafarga koʻp.