Statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra, 2023-yilning yanvar-fevral oylarida Oʻzbekiston 30 ta xorijiy davlatdan 5,6 ming tonna shokolad import qilgan.
Shokolad importi hajmi oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda ming tonnaga kamaygan.
Oʻzbekiston 2 oyda eng koʻp shokoladlarni Rossiyadan import qilgan. U yerdan 3,3 ming tonna shokolad O'zbekistonga olib kirilgan.
Quyida ushbu maxsulotni eng ko'p qaysi davlatlar O'zbekistonga sotgani bo'yicha ma'lumot:
- Polsha – 901 tonna
- Niderlandiya – 327 tonna
- Turkiya – 218 tonna
- Qozogʻiston – 208 tonna
- Ukraina – 170 tonna
- Belarus – 81 tonna
- Fransiya – 60 tonna
- Germaniya – 24 tonna
- Italiya – 23 tonna