18/04/2023

2023-yilning yanvar-fevral oylarida Toshkent viloyati bo‘yicha 1 259,6 mlrd. so‘m nodavlat mulkchiligidagi korxona va tashkilotlar tomonidan qurilish ishlari bajarildi.

Ularning tarkibida bino va inshootlar qurilish ishlari 728,5 mlrd. so‘mni yoki jamiga nisbatan ulushi 57,8 % ni, fuqarolik obyektlari qurilish  ishlari 276,5 mlrd. so‘mni yoki jamiga nisbatan ulushi 22,0 % ni va ixtisoslashtirilgan qurilish ishlari esa 254,6 mlrd. so‘mni yoki jamiga nisbatan ulushi 20,2 % ni tashkil etdi.