14/04/2023

Joriy yilning yanvar-fevral oylari mobaynida import hajmi 618,7 mln. AQSh dollarni (2022- yilning shu davriga nisbatan o‘zgarish sur’ati 110,1 %) tashkil etdi.

MDH va boshqa xorijiy davlatlardan 113,4 mln. AQSh dollarga teng  oziq -ovqat mahsulotlari va tirik hayvonlar import qilingan. 2022- yilning shu davriga nisbatan o‘zgarish sur’ati 18,3 %ni tashkil etdi.

Import tarkibida eng katta ulush mashinalar va transport asbob-uskunalari (26,0 %), nooziq-ovqat xom-ashyosi (yoqilg‘idan tashqari) (22,4 %), oziq-ovqat mahsulotlari va tirik hayvonlar (18,3 %), , sanoat tovarlari (11,7 %) hamda kimyoviy vositalar va shu kabi mahsulotlar (9,2%) hisobiga to‘g‘ri keldi.