03/04/2023

2023-yilning yanvar-fevral oyida Toshkent viloyatida kichik tadbirkorlik subyektlari tomonidan 3,0 trln. so‘mlik sanoat mahsuloti ishlab chiqarilib, uning umumiy ishlab chiqarish hajmidagi ulushi 14,2 % ni tashkil etdi. Hududlar kesimida kichik biznesning sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishdagi eng yuqori ulushi Bekobod (jami sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishdagi ulushi (100,0 %), Parkent (93,7%), Quyiсhirchiq (80,1 %), Toshkent (85,3 %) tumanlarida kuzatildi.

Hududlar kesimida sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmida kichik biznes subyektlarining ulushi tahlili shuni ko‘rsatdiki, Olmaliq (0,8 %), Bekobod (3,2 %) va Chirchiq (13,7 %) shaharlarida sanoat ishlab chiqarish hajmidagi kichik biznes subyektlari ulushining kamligini, mazkur hududlarda joylashgan yirik sanoat korxonalarining ishlab chiqarish hajmlari yuqori ekanligi bilan izohlash mumkin.