31/03/2023

Joriy yilning 31-mart kuni Toshkent viloyati statistika boshqarmasida “Korrupsiyaga qarshi kurashish - barchamizning burchimiz” mavzusida seminar tashkil etildi. Seminarda Toshkent viloyati statistika boshqarmasining rahbariyati,tarmoq va hududiy statistika bo‘lim xodimlari ishtirok etdi. 

Seminarda Toshkent viloyati statistika boshqarma boshlig`i Shuxrat Jamoldinov Maxamatqosimovich  hozirgi kunda mamlakatimizda korrupsiya illatiga qarshi kurashish masalasiga alohida e’tibor qaratib kelinayotganligini, chunki poraxo‘rlik - hokimiyat va boshqaruv asoslarini yemiradigan, uning aholi oldidagi obro‘siga putur yetkazadigan, fuqarolarning qonuniy huquq va manfaatlariga daxl qiladigan havfli jinoiy hodisalardan biri ekanligini, ma’lumki, korrupsiya har qanday davlat va jamiyatning siyosiy-iqtisodiy rivojlanishiga jiddiy putur yetkazishini, davlatning konstitutsiyaviy asoslarini va qonun ustuvorligini zaiflashtirib, oqibatda inson huquq va erkinliklarining poymol bo‘lishiga olib kelishini aytib o‘tdi.