31/03/2023

Joriy yilning 31- mart kuni Toshkent viloyati statistika boshqarmasida Yangi Oʻzbekistonning yangilanayotgan Konstitutsiyasiga bagʻishlangan targʻibot tadbiri oʻtkazildi. Unda Toshkent viloyati statistika boshqarmasining tarmoq va hududiy statistika bo‘lim xodimlari ishtirok etdi.

Tadbirni Oʻzbekiston Respubdikasi Adliya vazirligining Yuridik taʼlim va sud ekspertiza boshqarmasidan Nuritdinov Jamshid Mamutxonovich va Toshkent viloyati statistika boshqarmasi boshlig‘i Sh.Jamoldinov ochib berib, bosh qomusimizga kiritilayotgan yangi normalar, jumladan, taʼlim tizimi, fuqarolarning uy-joyga boʻlgan huquqlari, xususiy mulkchilik shakllari  boʻyicha belgilanayotgan oʻzgarishlar haqida alohida toʻxtalib oʻtdi.

Shuningdek, shu yilning 30- aprelida yurtimizda boʻladigan siyosiy tadbir – referendumda fuqarolarning faol ishtirok etishi haqida fikr-mulohazalar bildirildi.

Tadbirda taʼkidlanganidek, yangi Konstitutsiyamiz 128 moddadan 155 moddaga koʻpayadi va normalar soni esa 275 tadan 434 taga yetadi. Shu asosida 27 ta yangi moddalar qoʻshilishi kutilmoqda.

Yangi Konstitutsiyada inson huquqlariga oid normalar 3 barobarga, aholi salomatligini asrash bilan bogʻliq boʻlgan normalar 4 barobarga koʻpaytirilmoqda. Bu oʻzgarishlar asosida mustaqil Oʻzbekiston – ijtimoiy, huquqiy davlat deb belgilanmoqda.

Ushbu yangilanayotgan Konstitutsiyada inson huquq va erkinliklari  va qonuniy manfaatlari hamda xususiy mulkchilik shakllarining qonuniy himoyasi ilgʻor jahon tajribasi asosida toʻliq shakllantiriladi.