30/03/2023

Toshkent viloyatida 2023-yilning 1-mart holatiga jami faoliyat ko‘rsatayotgan tadbirkorlik subyektlari (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) 44 325 ta bo‘lib, shundan kichik tadbirkorlik subyektlari soni 38 146 tani tashkil etgan.

Faoliyat ko‘rsatayotgan kichik tadbirkorlik subyektlari sonining yuqori ko‘rsatkichlari quyidagi hududlarda qayd etilgan:

  • Zangiota tumani – 4 403 ta
  • Qibray tumani – 3 503 ta
  • Toshkent tumani 2 849 ta
  • Chirchiq shahri 2 330 ta 

Iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha esa kichik tadbirkorlik subyektlari soni quyidagicha taqsimlangan:

  • savdo sohasida – 13 636 ta
  • sanoat sohasida – 7 474 ta
  • qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi sohasida – 4 323 ta
  • qurilish sohasida – 2 990 ta
  • yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar sohasida – 2 988 ta