30/03/2023

2023- yilning fevral oyida, Toshkent viloyatning barcha hududlarida joylashgan chorva (parranda) bozorlarida parrandalar va chorva mollari sotuvchi jismoniy shaxslar tanlanma kuzatuvi o‘tkazildi. Kuzatuv natijalariga ko‘ra savdo aylanmasi hajmi 226,9 mlrd. so‘mni tashkil etdi. Bunda har-xil yoshdagi qoramollar savdosi 145,2 mlrd.so‘m, qo‘y va echkilar – 38,6 mlrd. so‘mni, otlar – 42,0 mlrd. so‘mni, parrandalar – 1,0 mlrd. so‘mni tashkil qildi.