30/03/2023

Joriy yilning 29-mart kuni Davlat statistika agentligi tashqi iqtisodiy faoliyat va savdo statistikasi boshqarmasi boshlig‘i B.Irgashyev, Toshkent viloyati statistika boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari X.Igamberdiyev hamda Bo‘stonliq tumani statistika bo‘limi yetakchi mutaxassisi S. Filimonova tomonidan Bo‘stonliq tumani va Chirchiq shahrida 4-savdo (YaTT) choraklik tanlanma kuzatuvlari o‘tkazildi.
Kuzatuv jarayonida tanlab olingan yakka tartibdagi tadbirkorlarning bir oy davomida ishlagan kunlari, bir kunlik tushum miqdori, oy davbomida sotilgan mahsulotlarning o‘rtacha tushumi va boshqa ma’lumotlar shakllantirildi. Olingan ma’lumotlar joyida planshet qurilmasiga kiritildi.