2023- yilning yanvar-fevral oyida Toshkent viloyatida kichik korxona va mikrofirmalar tomonidan bajarilgan qurilish ishlari hissasiga jami qurilish ishlari hajmining 57,8 %i to‘g‘ri kelib, 2022- yil ko‘rsatkichiga nisbatan 6,1 % punktga kamaydi. Shuningdek, ular hissasiga to‘g‘ri kelgan qurilish ishlari hajmi 2022- yilga nisbatan 95,5 %ni tashkil etgan holda 831,1 mlrd. so‘m miqdorida qayd etildi.