17/03/2023

2022- yil yakuni bo‘yicha Davlat statistika yillik hisobotlarining shakllanishi, hisobotlar qamrovi,profilaktika ishlarini olib borish, hisobotlarni aniq va sifatli qabul qilinishi hamda vazifalarni o‘z vaqtida vijdonan va yuksak mas’uliyat bilan ijrosini ta’minlashdagi fidokorona mehnatlari uchun joriy yilning 17- mart kuni Toshkent viloyati statistika boshqarmasi boshlig‘i Jamoldinov Shuhrat Maxamatqosimovich tomonidan bir guruh xodimlar Faxriy yorliqlar va sovg‘alar bilan taqdirlandilar.

Toshkent viloyati statistika boshqarmasi jamoasi taqdirlangan xodimlariga ulkan zafarlar tilaydi.