14/03/2023

Joriy yilning 14- mart kuni Toshkent viloyati statistika boshqarmasining birinchi o‘rinbosari E.Urunov hamda Yangiyo‘l tumani statistika bo‘limi yetakchi mutaxassisi Sh.Xodjiyev bilan birgalikda Yangiyo‘l tumanida bozor xizmatlarini ko‘rsatuvchi jismoniy shaxslarning tanlanma kuzatuvi o‘tkazildi.

Kuzatuv davomida bozor xizmatlarini koʻrsatuvchi yakka tartibdagi tadbirkorlar va oʻz-oʻzini band qilgan jismoniy shaxslar tomonidan koʻrsatilayotgan xizmatlar tushumini registrator tomonidan sifatli va aniq oʻtkazilishi boʻyicha koʻrsatma va topshiriqlar berildi.