2023- yilning 1- mart holatiga ko‘ra, Toshkent viloyatida savdo sohasida jami faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar soni 13 696 tani tashkil etib, 2023- yilning yanvar oyida bu sohada 434 ta yangi korxona va tashkilotlar tashkil etildi.
Ushbu sohada eng ko‘p yangi tashkil etilgan korxona va tashkilotlarga ega bo‘lgan hududlar quyidagilardir:
- Zangiota tumani – 49 ta
- Qibray tumani – 42ta
- Chirchiq shahri – 34 ta
- Parkent tumani – 25 ta