10/03/2023

Joriy yilning 9- mart kuni Toshkent viloyati statistika boshqarmasi tomonidan xodimlar malakasini oshirishga qaratilgan videokonferensiya orqali seminar tashkil etildi.

 Seminarda Toshkent viloyati statistika boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o’rinbosarlari E.Urunov va X.Igamberdiyev, Narx statistikasi bo‘limi boshlig‘i M.Mirasrorov hamda Tashqi iqtisodiy faoliyat va savdo statistikasi bo‘limi boshlig‘i J.Rafikov va hududiy statistika bo‘limlarining barcha xodimlari ishtirok etishdi.

Seminarda Toshkent viloyati statistika boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o’rinbosarlari E.Urunov va X.Igamberdiyev narx va savdo kuzatuvlarni tashkil etish, o‘tkazish va ma’lumotlarni planshetga to‘g‘ri kiritilishi bo‘yicha tegishili ko‘rtsatmalar berildi.

Seminar davomida viloyat statistika boshqarmasi tomonidan berilayotgan topshiriqlarni sifatli bajarilishini ta’minlash yuzasidan tegishli tushuntirishlar berildi.