2023- yil yanvar oyida Toshkent viloyatida o‘rtacha aholi jon boshiga chakana savdo tovar aylanmasi 472,4 ming. so‘mni (2022- yilning mos davriga nisbatan 0,6 %ga o‘sdi) tashkil qildi. Ushbu ko‘rsatkichni hududlar kesimida solishtirilganda eng yuqorisi Zangiota (1253,8 ming so‘m) tumani va Yangiyo‘l (1157,4 ming. so‘m) shahri hissasiga to‘g‘ri keldi.