07/03/2023

Toshkent viloyatida 2023-yilning 1-fevral holatiga jami faoliyat ko‘rsatayotgan tadbirkorlik subyektlari (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) 53 866 ta bo‘lib, shundan kichik tadbirkorlik subyektlari soni 47 567 tani tashkil etgan.

Faoliyat ko‘rsatayotgan kichik tadbirkorlik subyektlari sonining yuqori ko‘rsatkichlari quyidagi hududlarda qayd etilgan:

  • Zangiota tumani – 5 410 ta
  • Qibray tumani – 4 297 ta
  • Toshkent tumani 3 527 ta
  • Chirchiq shahri 2 738 ta 

Iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha esa kichik tadbirkorlik subyektlari soni quyidagicha taqsimlangan:

  • savdo sohasida – 16 122 ta
  • sanoat sohasida – 9 495 ta
  • qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi sohasida – 5 812 ta
  • qurilish sohasida – 3 983 ta
  • yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar sohasida – 3 916 ta