Toshkent viloyati statistika boshqarmasi boshlig‘i Sh.Jamoldinov boshchiligida boshqarma tizimidagi xotin-qizlarni 8-mart – «Xalqaro xotin-qizlar» bayrami bilan tabriklab, sovg‘alar topshirildi.
Toshkent viloyati statistika boshqarmasi jamoasi Sizlarni go‘zallik va nafosat timsoli bo‘lgan 8-mart – «Xalqaro xotin-qizlar» bayrami bilan chin qalbdan muborakbod etadi. Sizlarga uzoq-umr, sihat-salomatlik, baxt va omad tilaydi. Oilangizga tinchlik-xotirjamlik, qut-baraka, ishlaringizda muvaffaqiyatlar tilaydi. Bahoriy kayfiyat yil davomida hamrohingiz bo‘lsin!