06/03/2023

Toshkent viloyatida 2022- yilning yanvar-dekabr oylarida markazlashgan manbalar hisobidan 5513,1 mlrd.so‘m asosiy kapitalga investitsiyalar o‘zlashtirilib, jami investitsiyalardagi ulushi 15,8 % ni tashkil etdi.

Markazlashgan investitsiyalar tarkibida viloyat budjetining ulushi 6,0 % ni, suv va kanalizatsiya tizimlarini rivojlantirish jamg‘armasi - 0,5 %, tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi – 5,4 % va Toshkent vilyaoti kafolati ostida chet el kreditlar– 3,9% ni tashkil etdi.