Toshkent viloyatida 2022- yilda sanoat ishlab chiqarishining umumiy hajmida kichik tadbirkorlikning ulushi 19,9 % bo‘ldi. Hududlar kesimida esa Toshkent tumani va Parkent tumani yetakchi o‘rinni egallab, sanoat mahsuloti ishlab chiqarish hajmida kichik tadbirkorlikning ulushi 90,6 % va 86,6% ni qayd etdi.