Toshkent viloyatida iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha ko‘rsatilgan bozor xizmatlari tarkibida eng katta ulushni savdo xizmatlar egallaydi. 2023- yil yanvar oyida bu xizmatlarning ulushi 32,5 %ni tashkil etdi. Shu bilan birga, yuqori ko‘rsatkichlar transport xizmatlari (22,5 %), moliyaviy xizmatlari (17,0 %), yashash va ovqatlanish xizmatlari (4,3 %), shuningdek, aloqa va axborotlashtirish xizmatlari (3,8 %)da qayd etildi.