2022-yilning yanvar-dekabr oylarida viloyatimizda 11514,0 mlrd. so‘m yoki asosiy kapitalga investitsiyalarning 32,9 %i xorijiy investitsiya va kreditlar hisobidan amalga oshirildi. Jami xorijiy investitsiya va kreditlar tarkibida xorijiy investitsiyalar 4120,3 mlrd. so‘mni tashkil etib, qolgan 7393,7 mlrd. so‘mi xorijiy kreditlar hisobiga to‘g‘ri keldi.