2023- yilning yanvar oyida Nurafshon shahrida jami 29,9 mlrd. so‘mlik qurilish ishlari bajarilib, o‘sish sur’ati 2022- yilning mos davriga nisbatan 65,8 %ni tashkil etdi.
Qurilish sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar soni ushbu sohaning quyidagi yo‘nalishlari kesimida qaralganda;
binolar va inshootlar qurilish yo‘nalishi 41,2% ulushni tashkil etib, hajmi 12,3 mlrd. so‘mga yetdi; fuqarolik obyektlarini qurish yo‘nalishi 29,5 % ulushni tashkil etib, hajmi 8,8 mlrd. so‘mga oshgan; ixtisoslashtirilgan qurilish ishlari yo‘nalishi 29,3 % ulushni tashkil etib, hajmi 8,7 mlrd. so‘mni tashkil etdi.