2023-yil 1-fevral holatiga jami faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar soni (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) 53 866 tani tashkil etib, ular o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 3 180 taga oshib, o‘sish sur’ati 106,3 foizni tashkil etdi.
Faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar soni yillar kesimida quyidagi ko‘rinishni hosil qildi:
- 2019 yil – 32 074 ta
- 2020 yil – 39 307 ta
- 2021 yil – 46 335 ta
- 2022 yil – 50 686 ta
- 2023 yil – 53 866 ta