🏢 Statistika agentligining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, 2022 yilda O’zbekiston 30 ta davlatga qiymati 93,5 mln AQSh dollariga teng bo‘lgan 122,3 ming tonna mosh eksport qilgan.
📌 Mosh eksporti hajmi 2021 yilning mos davri bilan solishtirilganda 4,9 ming kamaygan.
✅ O’zbekiston eng ko‘p mosh eksport qilgan davlatlar:
— Xitoy – 107,1 ming tonna
— Qozog‘iston – 7,9 ming tonna
— Eron – 1,7 ming tonna
— Tojikiston – 1,5 ming tonna
✅ 2022 yilda xorijga eng ko‘p mosh eksport qilgan hududlar:
— Toshkent viloyati – 51,2 ming tonna
— Namangan viloyati – 21,3 ming tonna
— Jizzax viloyati – 16,1 ming tonna
— Samarqand viloyati – 13,6 ming tonna