27/02/2023

2023- yil 24- fevral kuni kuni Toshkent viloyati statistika boshqarmasida xodimlarning huquqiy ongi va savodxonligini oshirishga qaratilgan navbatdagi huquqiy targ‘ibot seminari bo‘lib o‘tdi.

Seminar davomida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022- yil 21- dekabrdagi “Yangi O’zbekiston ma’muriy islohotlarini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-269-sonli Farmoni va O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022- yil 21- dekabrdagi “Yangi O’zbekiston ma’muriy islohotlari doirasida respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatini samarali tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-447-sonli qarorining mazmun-mohiyati bo‘yicha Toshkent viloyati statistika boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari X.Igamberdiyev va boshqarma bosh yuriskonsulti K.Abdullayev tomonidan tushuntirishlar berildi.

Seminarda boshqarmaning barcha xodimlari ishtirok etishdi.