24/02/2023

Joriy yilning  22- fevral kuni  O'zbekiston Respublikasi  Davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida Toshkent viloyati statistika boshqarmasi tomonidan aholini ro‘yxatga olish tadbiriga tayyorgalik ko‘rish to‘g‘risida  seminar bo‘lib o‘tdi.

Seminarda Toshkent viloyati statistika boshqarmasi “Ro'yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va o'tkazish” bo'limi boshlig‘i  U.Sattorov va Davlat jismoniy tarbiya  va sport universiteti talabalari ishtirok etishdi.

Seminar jarayonida dunyodagi har bir mamlakat, o'zining aholisi va uning yashash holati bo'yicha ishonchli ma'lumotga ega bo'lish maqsadida muntazam ravishda aholini ro'yxatga olishi, aholini ro'yxatga olish har besh yoki o'n yilda amalga oshirilishi, O'zbekiston hududida ilk bor aholini ro'yxatga olish tadbiri 1897 yilda amalga oshirilganligi, shundan so'ng 1926,1939, 1959, 1970,1980 yillarda aholi ro'yxatga olinganligi, ushbu tadbir so'nggi bor 1989 yilda o'tkazilib, o'sha paytda respublikamiz aholisi 19,7 million kishini tashkil etganligi aytib o'tildi.

Shuningdek, respublikamizda aholini roʼyxatga olish tadbirini oʼtkazishning asosiy maqsad va vazifalari, bu borada ko‘rilayotgan tayyorgarlik jarayonlari haqida ma'lumotlar berildi.