24/02/2023

Toshkent viloyatining moliyaviy xizmatlarning hajmi 356,6 mlrd. so‘mga yetdi. Moliyaviy xizmatlarning umumiy hajmida 17,0 %ni tashkil etdi. Jami moliyaviy xizmatlarning o‘sish sur’ati 104,4 %ni tashkil etdi.

2023-yilning yanvar oyida moliyaviy xizmatlar umumiy hajmida sugʻurta va nafaqa taʼminoti boʻyicha xizmatlardan tashqari moliyaviy xizmatlarning ulushi 92,8 % ni tashkil etdi. Sugʻurta xizmatlarining ulushi 3,5 % oraligʻida qayd etildi. Moliyaviy va sugʻurtalash xizmatlariga nisbatan yordamchi xizmatlarning ulushi umumiy hajmning 3,7 % ini tashkil etdi.