Toshkent viloyatining 2023- yilning 1- yanvar holatiga faoliyat yuritayotgan kichik korxona va mikrofirmalar soni 49,1 mingtani tashkil etib, o‘tgan yilga nisbatan 4 989 taga ko‘paygan yoki 11,3 % ga oshgan. Kichik tadbirkorlik subyektlarining soni har 1000 aholiga 16,4 birlikni tashkil qildi.