23/02/2023

Joriy yilning 22- fevral kuni Toshkent viloyati statistika boshqarmasida  “Biz korrupsiyaga qarshimiz” mavzusiga qaratilgan targʻibot tadbiri bo‘lib o‘tdi. Mazkur tadbir O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi  “Inson resurslarini boshqarish” boshqarmasi boshlig‘i Z.Talipova, “Statistik registrlarni yuritish va tizimli xizmat ko‘rsatish boshqarmasi” boshlig‘i N. Sheraliyev, “Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat xizmati” bo‘lim boshlig‘i Z. Abduxamidov hamda Toshkent viloyati statistika boshqarmasi boshlig‘i Sh. Jamoldinov va uning o‘rinbosarlari hamda tarmoq bo‘lim xodimlari ishtirok etishdi. 

 Tadbirda Statistika agentligi vakillari so‘zga chiqib, bugungi globallashuv, mintaqa va davlatlararo integratsiya jarayonlari jadallashib borayotgan murakkab bir sharoitda korrupsiya chegara bilmas muammoga aylanganligi, korrupsiya keltirib chiqarayotgan oqibatlar jamiyatlarni ich-ichidan yemirib, inson huquqlarining qoʻpol ravishda buzilishiga olib kelinishi, iqtisodiy rivojlanishni izdan chiqarishi, jamiyat va davlat uchun oʻta xavfli boʻlgan uyushgan jinoyatchilik va terrorizmning keng yoyilishiga sharoit yaratib berishi haqida to‘xtalib o‘tdi.

Bundan tashqari, Boshqarmamizda ushbu illatni batamom yo‘q qilish borasida tegishli ishlar amalga oshirilgan holda kichik, ahamiyatsiz ko‘rinarli jihatlarga ham alohida e’tibor qaratilmoqda.