2023- yilning yanvar oyida import hajmi 3540,9 mln. AQSh dollarga yetdi va 2022- yilning shu davriga nisbatan o‘zgarish sur’ati 107,3 %ni tashkil etdi.
Import tarkibida eng katta ulush mashinalar va transport asbob-uskunalari (23,4 %), oziq-ovqat mahsulotlari va tirik hayvonlar (20,1 %), nooziq-ovqat xomashyosi (yoqilg‘idan tashqari) (19,5 %), sanoat tovarlari (16,6 %) hamda kimyoviy vositalar va shu kabi mahsulotlar (9,9%) hisobiga to‘g‘ri keldi.




