21/02/2023

Joriy yilning 21-fevral kuni Toshkent viloyati statistika boshqarmasi boshlig'i Sh. Jamoldinov hamda “Turmush darajasi statistikasi va uy xo'jaliklari kuzatuvlari” bo'limi mutaxassisi Sh. Mavlonov bilan birgalikda Toshkent viloyati Piskent tumani “Taraqqiyot’ mahallasi “Gulshan’ ko'chasi 28 uy Kadirov Farrux xonadonida istiqomat qiluvchi respondent Kadirova Diliara bilan uy xo‘jaliklari tanlanma kuzatuvlari so‘rovnomasi o‘tkazildi. Kuzatuv o‘tkazish jarayonida  olingan ma’lumotlar qanchalik muhim ahamiyatga ega ekanligi, va ushbu ma’lumotlar asosida viloyatimiz aholisining turmush darajasiga oid ko‘rsatkichlar shakllantirilishi to‘g‘risida tushunchalar berib o‘tildi.