20/02/2023

2023- yilning 6–17- fevral kunlari Avstriyaning Vena shahrida Xalqaro valyuta jamg‘armasi hamda Birlashgan Vena instituti tomonidan “Moliyaviy dasturlash va siyosat” mavzusida tashkil etilgan o‘quv seminari bo‘lib o‘tdi.

Ushbu seminarda Ozarbayjon, Armaniston, Albaniya, Germaniya, Gruziya, Eron, Qozog‘iston, Qirgʻiz Respublikasi, Luksemburg, Moldova, Tojikiston, Turkiya, Serbiya, Slovakiya va O‘zbekistondan vazirlik va tashkilotlar vakillari ishtirok etishdi.

Mazkur xalqaro seminarda Statistika agentligining Makroiqtisodiy indikatorlar va milliy hisoblar boshqarmasi Jamg‘arma va yordamchi hisoblar bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari Mahmuda Yunusova hamda Xarajatlar va ishlab chiqarish statistikasi bo‘limi bosh mutaxassisi Gulnora Rahmatullayeva qatnashdi.

Seminarning asosiy maqsadi makroiqtisodiy nomutanosibliklarni aniqlash va ularni muvofiqlash usullarini o‘rganishdan iborat bo‘ldi. Ishtirokchilar makroiqtisodiy sektorlarning asosiy xususiyatlari va ularning o‘zaro bog‘liqligi bo‘yicha kerakli ma’lumot olib, o‘z tajribalarini oshirishdi.