20/02/2023

2023-yilning 1-fevral holatiga jami faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar soni 53 866 tani (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) tashkil qilib, shundan xususiy korxonalar soni 5 979 tani tashkil qildi (ulushi 11,1 %). Xususiy korxonalar sonining eng ko‘pi quyidagi hududlarda qayd etilgan:

  • Zangiota tumani – 526 ta
  • Toshkent tumani – 507 ta
  • Qibarat tumani – 442 ta
  • Chirchiq shahri – 413 ta
  • Olmaliq shahri – 325 ta
  • Bo‘stonliq tumani – 322 ta 

Iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha esa xususiy korxonalar quyidagicha taqsimlangan:

  • savdo sohasida – 2 658 ta
  • sanoat sohasida – 906 ta
  • yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar sohasida – 682 ta
  • boshqa turlar – 658 ta
  • qurilish– 368 ta
  • qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi sohasida – 316 ta
  • sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmat ko‘rsatish – 176 ta
  • axborot va aloqa – 118 ta
  • tashish va saqlash – 97 ta