17/02/2023

2022- yilning yanvar- dekabr oylarida Toshkent viloyatida 35,0 trln. so‘m asosiy kapitalga investitsiyalar o‘zlashtirilib, uning tarkibida qurilish-montaj ishlariga yo‘naltirilgan investitsiyalar 14,6 trln. so‘mni va jami viloyatda o‘zlashtirilgan  investitsiyalarning 41,7 % ini tashkil etdi.

Mashina, asbob, uskuna va xo‘jalik inventarlarini sotib olishga yo‘naltirilgan investitsiyalar hajmi 17,5 trln. so‘mni (jami investitsiyalardagi ulushi 49,9 %) hamda boshqa xarajatlar 2,9 trln. so‘mni (8,4 %) tashkil etdi.