16/02/2023

Joriy yilning 16- fevral kuni Toshkent viloyati statistika boshqarmasi boshlig‘i o'rinbosari X. Igamberdiyev va “Turmush darajasi statistikasi va uy xo‘jaliklari kuzatuvlari” bo‘lim mutahassisi  K.Kurganova tomonidan Qibray tumani "Darxan" MFY binosida faollar uchun uy xo‘jaliklari tanlanma kuzatuvining mazmun va mohiyati to‘g‘risida tushuntirishlar olib borildi.

Shuningdek, mutaxassis tomonidan itimoiy-iqtisodiy jarayonlarning aholi turmush darajasiga ta’sirini o‘rganish va mamlakat aholisi farovonligini yanada yuksaltirishga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqish uchun ma’lumotlarni shakllantirishda mahalla faollarining o‘rni katta ekanligi, tanlovga tushgan xonadon egalari haqidagi ma’lumotlarni olishda hududiy statistika organlari xodimlariga yaqindan yordam va hamkorlikda ish olib borishi haqida tushuntirish berildi.