2022- yil yakuni bo‘yicha statistika dasturlarida belgilangan vazifalarni o‘z vaqtida, sifatli ijrosini ta’minlaganligi va faoliyatida yuqori samaradorlikka erishganligi uchun Toshkent viloyati statistika boshqarmasining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash va ijro intizomi nazorati” boʻlimi boshlig‘i B.Abdukadirov hamda boshqarmaning “Ijtimoiy soha statistikasi” bo‘limi boshlig‘i Z.Sagdiyevlar joriy yilning 16- fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi tomonidan faxriy yorliq bilan taqdirlandilar.