15/02/2023

Joriy yilning 15- fevral kuni Toshkent viloyati statistika boshqarmasi boshlig'i Sh.Jamoldinov tomonidan “Turmush darajasi statistikasi va uy xo'jaliklari kuzatuvlari” bo'limi xodimlari bilan birgalikda yig‘ilish o'tkazildi. Yig‘ilishda boshqarma boshlig‘i tomonidan ushbu bo‘lim xodimlarini yanvar va fevral oyi davomida o‘tkazilgan kuzatuvlar natijalari va undagi xato va kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan ko‘rsatmalar berildi.

Yig‘ilishda uy xo‘jaliklarida o‘tkazilgan kuzatuvlar natijalari asosida ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarning aholi turmush darajasiga ta’sirini o‘rganish va mamlakat aholisi farovonligini yanada yuksaltirishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlarlar to‘g‘risida tushintirishlar berib  o‘tildi.