15/02/2023

Dastlabki maʼlumotlarga asosan, 2022-yilning yanvar-dekabr oylarida Toshkent viloyatida barcha toifadagi xoʻjaliklar tomonidan 103,2 ming tonna uzum yetishtirildi, ushbu koʻrsatkich 2021-yilning mos davriga nisbatan 2,6 % ga ko‘p ishlab chiqarildi.

Xoʻjalik toifalari boʻyicha tahlil qilinganda, yetishtirilgan uzum umumiy hajmining 55,1 % i – dehqon va tomorqa xoʻjaliklariga, 43,4 % i fermer xoʻjaliklariga, 1,5 % i – qishloq xoʻjaligi faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlarga toʻgʻri kelganligini koʻrsatmoqda.