15/02/2023

2022- yil yanvar-dekabr oylarida ishlab chiqarilgan (ko‘rsatilgan xizmatlar) umumiy hajm 35 184,1 mlrd. so‘mni yoki 2021- yilning shu davriga nisbatan 104,1 %, shu jumladan, dehqonchilik va chorvachilik, ovchilik hamda ushbu sohalarda ko‘rsatilgan xizmatlar hajmi 32 880,1 mlrd. so‘mni (103,8 %), o‘rmonchilik xo‘jaliklari 1 370,1 mlrd. so‘mni (102,6 %), baliqchilik xo‘jaliklarida 270,1 mlrd. so‘mni (116,2 %) tashkil qildi.

 Xususan, yuqori o‘sish sur’atlari Yangiyo‘l (125,3 %), Chirchiq (112,3 %), Bekobod tumanlari (108,9 %) va Bekobod (108,0 %) shahrida kuzatildi.

Bunga qarama-qarshi ravishda, Nurafshon shahar (86,2 %), Piskent (98,4 %) va Qibray (98,7 ) tumanlarida nusbatan past o‘sish sur’atlari bilan yakunlandi.