14/02/2023

Toshkent viloyatida 2022- yil yanvar-dekabr oylarida kichik tadbirkorlik subyektlari tomonidan amalga oshirilgan qurilish ishlari hajmi 9 111,1 milliard so‘mni yoki qurilish ishlari umumiy hajmining 75,0 % ini tashkil etdi. O‘sish sur’ati 2021- yil yanvar-dekabr oylariga nisbatan 107,7 % ni tashkil qildi.

Hududlar kesimida kichik tadbirkorlik subyektlarining eng ko‘p bajarilgan qurilish ishlari hajmi Zangiota tumani (963,0 mlrd. so‘m), Qibray tumani (924,3 mlrd. so‘m), Yuqorichirchiq tumani (690,0 mlrd. so‘m), Quyichirchiq tumani (651,4 mlrd. so‘m), Toshkent tumani (633,9 mlrd. so‘m), Nurafshon shahri (604,1 mlrd. so‘m) hamda Chirchiq (522,5 mlrd.so‘m) shaharlarida qayd etildi.