14/02/2023

Toshkent viloyatida 2022- yil yanvar-dekabr oylarida chakana savdo tovar aylanmasi viloyat bo‘yicha aholi jon boshiga 10 680,8 ming so‘mni tashkil qilib, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 7,6 %ga ko‘paygan.

Aholi jon boshiga chakana savdo tovar aylanmasi 2022- yilning yanvar-dekabr oylarida o‘tgan yilga nisbatan viloyatning deyarli barcha hududlarida o‘sish ko‘rsatkichlarini tashkil etib, eng yuqori ko‘rsatkichlar Zangiota (39 429,7 ming so‘m) va Qibray (12 105,5 ming so‘m) tumanlari hamda Nurafshon (34 051,5 ming so‘m) va Yangiyoʻl (21 137,0 ming soʻm) shaharlari hissasiga to‘g‘ri keldi.

Shuningdek, aholi jon boshiga chakana savdo tovar aylanmasi bo‘yicha eng kam ko‘rsatkichlar Ohangaron (2 774,6 ming so‘m), O‘rta Chirchiq (2 946,8 ming so‘m) tumanlari va Chirchiq (9 623,0 ming soʻm) shahriga to‘g‘ri keldi.