2022- yil yanvar-dekabr oylarida Chirchiq shahri bo‘yicha sanoat mahsulotlarni ishlab chiqarish hajmi 7 415 mlrd.so‘mni tashkil etib, bu ko‘rsatkich 2021- yilning yanvar-dekabr bilan taqqoslaganda 1 809,9 mlrd.so‘mga o‘sdi. Shundan Chirchiq shahrida yirik korxonalar hajmi 5 126,8 mlrd.so‘mni va kichik korxona va mikrofirmalar hajmi esa 2 288,8 mlrd.so‘mni tashkil etdi.