10/02/2023

Iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha ko‘rsatilgan bozor xizmatlari tarkibida eng katta ulushni savdo xizmatlari egallaydi. Toshkent viloyatida 2022- yil yanvar-dekabr oylarida ularning ulushi 33,4 %ni tashkil etdi.

Shu bilan birga, yuqori ko‘rsatkichlar transport xizmatlari (22,9 %) hamda moliyaviy xizmatlarda (13,4 %) qayd etildi. Boshqa xizmatlarda uncha katta bo‘lmagan o‘sish kuzatilib ularning ulushi 4,2 %ni tashkil etdi.

 Shuningdek, nisbatan yuqori bo‘lmagan ulush yashash va ovqatlanish xizmatlarida (4,0 %) hamda aloqa va axborotlashtirish xizmatlari (3,2 %) hissasiga to‘g‘ri keldi.